Oxford International School iqtidorli yoshlar uchun o‘qish xarajatlarini 50% dan 100% gacha qoplaydigan ta'lim grantini olish imkoniyatini taqdim etadi.
Ta'lim granti— bu o‘quvchining akademik yutuqlari asosida ta’lim xarajatlarini qoplash uchun beriladigan moliyaviy yordamdir.
Har bir grantning o‘ziga xos talablari mavjud bo‘lib, nomzodlar ularga mos kelishi kerak.
Oxford International Schoolda grantning 2 turi mavjud:
Akademik Grant
Bu stipendiya tizimi bir qator mezonlardan iborat bo‘lib, ularga har bir o‘quvchi Oxford International Schoolda o‘qish jarayonidayoq amal qilishi kerak. Stipendiyani olish jarayoni o‘quvchi maktabga qabul qilingan paytdan boshlanadi.
Stipendiya olish uchun asosiy mezonlar quyidagilardan iborat:
-
Barcha fanlar bo‘yicha o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi
-
O‘tilgan material asosida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish
-
Davomat (maktabga muntazam qatnash)
-
Maktab formasiga rioya qilish
-
Volontyorlik faoliyati — nafaqat maktabimizda, balki Fast Education tashkilotida ham
Shuningdek, o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini va faolligini aks ettiruvchi boshqa mezonlar ham inobatga olinadi.
Biz gibrid akademik stipendiya tizimini qo‘llaymiz. Ya’ni, agar o‘quvchi barcha mezonlar bo‘yicha yuqori natijalarni saqlab qolsa, u eng yaxshi o‘quvchilar ro‘yxatida qoladi va stipendiyaga ega bo‘lish huquqini davom ettiradi. Agar natijalar pasaysa — stipendiya navbatdagi munosib o‘quvchiga o‘tadi.
Bu tizim har bir o‘quvchini o‘z ustida ishlashga, eng yaxshi natijaga intilishga undaydi!
FinAid granti
Ushbu grant o‘qish uchun moddiy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga 100% stipendiya taqdim etish maqsadida mo‘ljallangan.
Bu stipendiyani olish uchun ota-onalar daromad yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar hamda “Yoshlar daftari”, “Temir daftari” va “Ayollar daftari” ro‘yxatlarida mavjudlikni tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak.
Maktabga qabul qilish va kirish imtihonlaridan oldin ota-onalar Davlat xizmatlari markazidan tegishli ma’lumotnomani topshirishlari lozim.
Grant va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni maktabga tashrif buyurganingizda olishingiz mumkin.
O'zbekcha
Русский
English