Oxford International School — bu barcha o‘quvchilarga nihoyatda yuqori ta’lim standartlarini taqdim etuvchi innovatsion o‘quv muhitidir. 2400 kv.m maydonda joylashgan maktabda jahon darajasidagi akademik bilimlar va ilg‘or infratuzilmani o‘zida mujassam etgan keng turdagi xonalar va resurslar mavjud.
Maktabga qabul qilingan paytdan boshlab o‘quvchilar eng zamonaviy texnologik ta’lim resurslari bilan tanishadilar. Ular dars jadvali, yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, o‘tgan voqealar yangiliklari va boshqa muhim ma’lumotlarni maktab binosiga kirish qismida joylashgan virtual axborot tablosi orqali olishlari mumkin.
Kimyo, biologiya va fizika fanlariga mo‘ljallangan laboratoriyalar eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu o‘quvchilarga mavzularni nafaqat nazariy, balki amaliy tarzda ham oson tushunishga yordam beradi.
Kompyuter xonasi eng so‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu axborot texnologiyalari fanlarini amaliy o‘rganish imkonini beradi.
Maktab oshxonasi dushanbadan shanbagacha ishlaydi va o‘quvchilarga tushlik paytida foydali taomlarni taklif etadi. Taomnomada sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga asoslangan, mavsumiy mahsulotlardan tayyorlangan turli xil taomlar mavjud. Bizning menyu o‘quvchilarning sog‘lom rivojlanishini va samarali o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Videokuzatuv tizimi 24 soat davomida ishlaydi va har bir o‘quvchining xavfsizligini ta’minlaydi.
Maktab binosiga kirishda o‘quvchilarning kelish va ketish vaqtini qayd etuvchi elektron vaqt nazorati tizimi mavjud. Bu tizim o‘quv vaqtining aniq hisobini yuritish va xavfsizlikni oshirishga yordam beradi.
G‘amxo‘rlik va xavfsizlik — Oxford International School’ning asosiy qadriyatlaridan biridir.
O'zbekcha
Русский
English
