page-banner image

Aql-zakovatning o‘sishi va rivojlanishi — Oxford International School’ning asosiy maqsadidir.
Barcha yo‘nalishlaarda o‘quvchilarga tanqidiy va keng fikrlash imkoniyati beriladi. Biz o‘qituvchilarimiz va o‘quv dasturimiz o‘quvchilarga intellektual chaqiriq tashlaydi, deb kutamiz — bu ularning asosiy vazifasidir.

Oxford International School o‘quvchilarning ta’lim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun turli xil dasturlar va akademik yordam vositalarini taqdim etadi. Bu xizmatlar bizning har bir o‘quvchiga bo‘lgan g‘amxo‘rligimiz va akademik yutuqlarga sodiqligimiz asosida yaratilgan. Biz har bir o‘quvchini imkon qadar yuqori cho‘qqilarga intilishga undaymiz va ularni bu yo‘lda rivojlanish hamda qiyinchiliklarni yengishda qo‘llab-quvvatlaymiz.

Maktabimiz va o‘quv dasturimizning maqsadi — mamlakatimizda standartlashtirilgan umumta’lim fanlarini o‘z ichiga olish, shuningdek SAT, IELTS va axborot texnologiyalari kurslari kabi akkreditatsiyadan o‘tgan yo‘nalishlarni taqdim etishdir. Biz bolalarni kelajak uchun tayyorlash, ularning ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek stipendiya olish imkoniyatini taqdim etish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz.

Bu ko‘nikma rivojiga asoslangan ta’lim dasturi bo‘lib, u o‘quvchilarga asosiy fanlar bo‘yicha chuqur va muvozanatli bilim, shuningdek 21-asr ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bizning o‘ziga xos o‘quvchi profili yordamida ular o‘zlarini, qiziqishlarini va kuchli jihatlarini yanada chuqurroq anglaydilar.

10 sinf uchun asosiy ustuvor yo'nalishlar:

  • Kasb tanlash bo'yicha mutaxassis maslahatlari
  • Mos fanlarni tanlash
  • Sanoatdagi tendensiyalar va kelajakdagi kasbiy o'sish
  • Amaliyot va stajirovka uchun rezyume tayyorlash
  • Tajriba va bilimlar orqali ota-onalar yordami
применить
сейчас